"Manchester Yunayted" o‘ziga Italiyada hujumchi topdi

  • 12.12.2024 18:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujum chizig‘ida muammolarga duch kelayotgan "Manchester Yunayted" "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Football Insider xabar berishicha, "qizil iblislar" Turin klubi etakchisini Viktor Dyokeresh transferi o‘xshamasa, sotib olmoqchi. Avvalroq, OAVda serbiyalik forvardga "Arsenal" qiziqayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Vlahovich joriy mavsum "Yuve" safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Uning Transfermarkt 'dagi narxi 65 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!