"Manchester Yunayted" portugaliyalik hujumchini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 30.04.2026 15:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchi Rafael Leauni qo‘lga kiritishga qiziqish bildirmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi transferda almashuv sxemasini taklif qilishi mumkin. Bu rejaga ko‘ra Manuel Ugarte, Markus Reşford va Joshuа Zirkzee nomlari kiritilishi ehtimol qilinmoqda.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" qo‘shimcha ravishda pul kompensatsiyasini ham taklif qilishga tayyor.

Rafael Lea 2019 yilda "Milan" klubiga "Lill" jamoasidan 49 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda portugalialik vinger "rossoneriliklar" safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!