"Manchester Yunayted" rahbari Brunu haqida: "U fantastik sardor"

  • 05.06.2026 14:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" ijrochi direktori Omar Berrada jamoa sardori Brunu Fernandesh haqida iliq fikrlar bildirdi.

Portugaliyalik yarim himoyachi o'tgan mavsumda Angliyadagi eng yorqin o'yinlaridan birini namoyish etdi. U Premier-liga tarixida bir mavsum davomida eng ko'p golli uzatma bergan futbolchiga aylanib, 21 ta assist qayd etdi.

"Brunu — fantastik sardor, mutlaqo fantastik. Albatta, biz uning jamoada qolishini istaymiz. U bu mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatdi, ammo eng muhimi, yetakchi sifatida qanchalik kuchli ekanini isbotladi.

Odamlar uning maydon tashqarisida qanday ishlayotganini ko'rishmaydi. U, shubhasiz, katta maqtovga loyiq", — dedi Berrada.

Ma'lumot uchun, Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!