"Manchester Yunayted" "Real Madrid" futbolchisini erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi

  • 18.04.2026 13:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yana bir bor "Real Madrid"dan nomdor futbolchini o‘z safiga jalb qilishga yaqin turibdi. Gap himoyachi David Alaba haqida ketmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlangandan so‘ng "qaymoqranglar" safini erkin agent sifatida tark etadi. Avvalroq Rafael Varan va Kazemiro ham "Real"dan Manchesterga ko‘chib o‘tgan edi.

Joriy mavsumda Alaba 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Avstriyalik futbolchi ko‘p hollarda jarohatlar sabab o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan.

U 2021 yilda "Bavariya"dan "Real"ga o‘tganidan buyon madridliklar safida jami 129 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!