“Manchester Yunayted” Simone Indzagiga qiziqish bildirgan
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bosh murabbiyi Simone Indzagini jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash masalasiga qiziqish bildirayotgan edi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Manchester Yunayted" Ruben Amorim iste’foga chiqarilgandan keyin murabbiy sifatida Simone Indzagi haqida ma’lumot so‘radi, ammo italyalik mutaxassis "Al-Hilol" o‘rindig‘ida qolishga qaror qildi", - deb yozdi Skira.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim iste’foga chiqarilgan edi. Bu haqida 5 yanvar kuni ma’lum qilindi.
"Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa 20 o‘yinda 31 ochko to‘plagan.
Fikrlar