"Manchester Yunayted" Skott uchun 40 million funt to‘lashga tayyor, "Bornmut" 70 million so‘ramoqda

  • 26.07.2026 12:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya grandi futbolchining transferi uchun 40 million funt (taxriban 47 million yevro) taklif qilishga tayyor bo‘lgani aytilmoqda. Biroq «Bornmut» 22 yoshli o‘yinchini 70 million funtdan (82 million yevro atrofida) yuqori baholagan. Bu haqida Mirror nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati bu narxni ortiqcha deb hisoblamoqda va shu bois boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. Shu bilan birga, Skott uchun kurashga «Arsenal» ham qo‘shilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

O‘tgan mavsumda Aleks Skott barcha musobaqalar doirasida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi, to‘rtta gol urdi va bir bor golli uzatma berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!