"Manchester Yunayted" Sulsher talablaridan norozi bo‘ldi
"Manchester Yunayted" rahbariyati Ole-Gunnar Sulsher tomonidan qo‘yilgan ayrim talablarni maqbul deb topmadi.
"Sky Sports" xabariga ko‘ra, norvegiyalik murabbiy joriy mavsumda ishi muvaffaqiyatli kechgan taqdirda jamoa bosh murabbiyi sifatida keyingi mavsumda ham qolish imkoniyatini so‘ragan. Biroq, klub rahbarlari bu shartga rozi bo‘lmagan va shartnoma faqat 2026 yil yozigacha mo‘ljallanishini ochiq bildirgan.
Shuningdek, MYUda Sulsherning tayinlanishi 2021 yilda ishdan bo‘shatilgan murabbiyni qayta olib kelish sifatida baholanib, ortga qadam sifatida qabul qilinishi mumkinligi ta’kidlangan. Klub rahbarlari esa jamoa oldinga intilmoqda, degan qarash shakllanishini istamoqda.
Yakunda "Manchester Yunayted" rahbariyati suhbat jarayonida kuchliroq taassurot qoldirgan Maykl Kerrikni bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildi.
Fikrlar