"Manchester Yunayted" va PSJ Fernandes uchun kurashmoqda

  • 05.06.2026 14:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vest Xem" yarim himoyachisi Mateush Fernandesga "Manchester Yunayted" hamda PSJ qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Lauri Uitvell ma'lumotiga ko‘ra, London klubi portugaliyalik futbolchini arzon narxda qo‘yib yubormoqchi emas. Klub 21 yoshli xavbek uchun kamida 80 million funt sterling, ya'ni 92 million evrodan ortiq mablag‘ talab qiladi.

Xabar qilinishicha, "Manchester Yunayted" va PSJ futbolchini xarid qilish uchun asosiy da'vogarlar hisoblanadi. Mankunianliklar hatto istiqbolli yarim himoyachi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni ham boshlab yuborgan.

Fernandes yakunlangan Angliya chempionati mavsumida "Vest Xem" safida 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!