Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Yunayted" va PSJda porlagan yulduz "Saragosa" uchun bepul o'ynayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Maqsad nima ekanini aytdi

Ilgari «Manchester Yunayted» va «PSJ» tarkibida o‘ynagan yarim himoyachi Ander Errera hozir «Saragosa» jamoasida deyarli bepul to‘p surishi haqida gapirib berdi.

Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, kasaba uyushmasi talabi asosida har bir klub futbolchilarga yillik kamida 25 ming yevro maosh to‘lashi shart. 

Amo 37 yoshli Errera ushbu majburiy to‘lovlarning barchasini «Saragosa» jamoasi fondiga o‘tkazib bormoqda.

- Men o‘z faoliyatimdan va oldin topgan daromadlarimdan juda faxrlanaman. Endi pulga muhtoj emasman. «Saragosa» uchun mutlaqo bepul o‘ynashni istadim – bu orqali men voyaga yetgan shahrimga yordam bermoqchiman, – deya Erreraning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

«Saragosa» o‘tgan mavsumda Segunda divizionidan chiqib ketdi va musobaqani 22-o‘rin, ya’ni oxirgi pog‘onada yakunladi. Errera esa argentinalik «Boka Xuniors» klubi bilan munosabatlarini yakunlaganidan so‘ng, o‘z professional karerasini boshlagan jamoasiga qayta qo‘shildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q