
"Manchester Yunayted" va "Yuventus" o‘zaro futbolchi almashishi mumkin!
Ortda qolgan mavsumda uncha o‘yini qo‘vushmagan Federiko Keza yangi mavsum boshlanishi ortidan "Manchester Yunayted" safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda “La gazetta Dello sport” nashri habar bermoqda.
Kelishuv esa trasfer summasisiz o‘zaro o‘yinchi almashish sharti doirasida amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni Keza Angliyaga ko‘chib o‘tgan taqdirda transfer huquqi aynan “qizil iblislar”ga tegishli bo‘lgan Jeydon Sancho A Seriyaga yo‘l olishi mumkin.
Mankuinianliklar raxbariyati ham bu o‘ziga hos “rokirovka” uchun qarshi emaslar. 2023/2024 yilgi mavsumda ijara asosida sobiq klubi "Borussiya" Dortmund safida harakat qilgan ingliz futbolchisi bir necha kun oldin “Manchester Yunayted”ning yangi mavsum oldidan tashkil etgan ilk o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kelib qo‘shilgan edi.
Ta’kidlanishicha, u o‘tgan oldidan Erik Ten Hag bilan bo‘lgan mojaro bo‘yicha, kelishib olgan va endilikda asosiy jamoa bilan shug‘ullanishi belgilangan edi.
Ammo “Yuventus”ning bergan bu taklifi hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Fikrlar