"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Superligada o‘ynashi mumkin
"Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyachisi Manuel Ugarte jamoadan ketishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, futbol mankunyanliklar safidagi holatidan norozi va qishda jamoasini almashtirishni istamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, urugvaylik futbolchi xizmatlariga Turkiya Superligasi etakchisi "Galatasaroy" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ugarte "Sporting"da Ruben Amorim qo‘l ostida o‘ynaganiga qaramay, MYuda uning o‘yini qovushmayapti. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 35 million evroga baholagan.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar