“Manchester Yunayted” yozda katta xarajat qiladi. Keladiganlar orasida superyulduzlar bor!

  • 30 may, 2021, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibni sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan darajada kuchaytirish maqsadida katta transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Shu bois, klub xo‘jayinlari bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherdan olinadigan futbolchilar bo‘yicha bir qarorga kelishni talab qilmoqda va yangi o‘yinchilar uchun 170 million evro ajratilishini bildirdi.

Ayni paytda klubga to‘purar hujumchi, qanot yarim himoyachisi, tayanch zona o‘yinchisi, markaziy va o‘ng qanot himoyachisi kerak. Sulsher birinchi bo‘lib, darrov asosiy tarkibni joy ola biladigan uch  futbolchini transfer qilmoqchi.

Nomzodlar ham tayyor. Sulsher ro‘yxatidan Deydon Sancho (“Borussiya”),  Harri Keyn (“Tottenxem”), Jek Grilish (“Aston Villa”), Sven Botman (“Lill”), Rafael Varan (“Real”), Deklan Rays (“Vest Xem Yunayted”), Maks Eronz (“Norvich Siti”) kabi futbolchilar o‘rin olgan.

Klub mutasaddilari muzokaralar orqali bu futbolchilarni Manchesterga kelishga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!