“Manchester Yunayted” yulduzini ikki grand olib ketmoqchi
“Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh tez orada Angliya Premer-ligasini tark etishi mumkin.
Manchesterga katta umidlar bilan kelgan portugaliyalik pleymeyker bir necha mavsumdan beri chempionlik unvonini qo‘lga kirita olmayapti. Hozirgi holatda “Manchester Yunayted” nafaqat chempion bo‘lishi, balki kuchli to‘rtlikdan o‘rin olishi ham katta so‘roq ostida turibdi.
Brunu Fernandeshni o‘z ligalarida muntazam chempionlik uchun kurashadigan grand klublar tarkibga qo‘shib olmoqchi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Brunuga “Barselona” va “Bavariya” ko‘z tikmoqda. 2020 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilayotgan o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2027 yilningya yarmigacha davom etadi.
Biroq Fernandeshni 65 million evroga transfer qilish imkoni bor. 30 yoshli futbolchi o‘tgan yozda ham jamoasini almashtirish istagini bildirgandi.

Fikrlar