“Manchester Yunayted”da katta tozalash boshlandi. Dastlab, to‘qqiz futbolchi ketadi!

  • 21 may, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag kelasi mavsum oldidan tarkibni tubdan yangilashga qaror qildi. Yozda klubni birinchi bo‘lib o‘nga yaqin o‘yinchi tark etadi, deb xabar tarqatdi Daily Mail.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar Pol Pogba, Erik Bayi, Aaron Van-Bissaka, Edinson Kavani, Nemanya Matich, Xuan Mata, Li Grant, Jessi Lingard va Fil Jons bilan xayrlashishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Klub rahbariyati Erik ten Xag jangovar tarkib shakllantirishi uchun unga yordam berishga tayyor. Xususan, yozda eng zarur o‘yinchilar transferi uchun 140 million evro ajratildi.

Niderlandiyaning mutaxassisning o‘zi klub bilan uch yillik kelishuvga imzo chekkan. Agar ishlar bir tekis ketsa, tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni uzaytirish imkoniga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!