“Manchester Yunayted”dan haydalgan Amorimga darrov yangi jamoa topildi
Yaqinda “Manchester Yunayted” rahbariyati qarori bilan bosh murabbiylik lavozimidan isteʼfoga chiqarilgan portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi.
Angliya Premier-ligasiga kelishidan avval “Sporting”da faoliyat yuritgan murabbiy yana Portugaliya chempionatiga qaytishi kutilmoqda.
Talksport nashri xabariga ko‘ra, “Benfika” Ruben Amorimni Joze Mourinyo o‘rniga bosh murabbiylikka asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi.
Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi murabbiy Joze Mourinyoning jamoadagi kelajagi noaniq. Uning shartnomasida 2026 yil yozida klubni tark etish imkoniyati borligi yozilgan.
Agar Mourinyo Portugaliya milliy terma jamoasini boshqarish taklifini olsa, bu band ishga tushadi.
Ruben Amorimning o‘zi “Benfika” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klubda futbolchi sifatida 1994–1998 va 2008–2017 yillar o‘ynagan. Murabbiylik faoliyatida esa, “Kaza Piya”, “Braga” va “Sporting”ni boshqargan.
Fikrlar