“Manchester Yunayted”ga o‘tsam, muxlislar meni kechirmaydi!
“Manchester Yunayted” e’tiboriga tushgan “Lids” yulduzi Kelvin Fillips bu jamoaga o‘tishdan bosh tortmoqda.
The Sun nashrining xabar berishicha, Angliya terma jamoasi o‘yinchining “Lids”da qolish va bu jamoa bilan shartnomani yangilash bo‘yicha bir qarorga kelishiga muxlislar sababchi ekan.
26 yoshli futbolchi agar o‘zini tarbiyalagan klubni tark etsa, bu muxlislarga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi va ular o‘yinchini kechirishmaydi, deb hisoblamoqda.
Kelvin Fillips joriy mavsumda Angliya premer-ligasida va Angliya ligasi kubogi doirasida jami 17 ta uchrashuv o‘tkazib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar