“Manchester Yunayted”ni boshqarishga tayyorman!

  • 14.03.2022 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Erik ten Xag yozda “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishga tayyorligini bildirdi, - deb xabar bermoqda Mirror nashri.

Bu mutaxassis o‘ziga manchesterliklardan qiziqish bo‘layotganidan keyin ingliz tilini o‘rganishga kirishgan edi.  

Bundan tashqari, Erik ten Xag “Ayaks” rahbariyati yuritayotgan siyosatdan norozi bo‘layotgani ham uning ish joyini o‘zgartirishiga sabab bo‘lmoqda. Amsterdam klubi xo‘jayinlari bosh murabbiy qarshiligiga qaramay, jamoaning iqtidorli va etakchi o‘yinchilarini sotib yubormoqda.

Aslida “Ayaks” uzoq yillardan beri har mavsum yakunlanishi bilan jamoada o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilarni sotib orqali, o‘z byudjetini mustahkamlab boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!