"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Sulsherning o‘rnini egallashga tayyorligini bildirdi

  • 22.11.2021 16:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" klubi sobiq bosh murabbiyi Stiv Bryus "Manchester Yunayted"ni boshqarmoqchi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 60 yoshli mutaxassis murabbiysiz qolgan "qizil iblislar"ga o‘z xizmatini taklif qilgan. U jamoada barqarorlik o‘rnata olishiga ishonmoqda.

Bryus uchun MYu begona emas. U 1987 – 1996 yillarda ushbu jamoa safida futbolchi sifatida harakat qilgan. Uning so‘nggi ish joyi "Nyukasl" klubi bo‘lgan edi. Uni joriy yilning 20 oktyabr kuni iste’foga chiqarishdi.

"Manchester Yunayted" shanba kuni Ule Gunnar Sulsherni iste’foga chiqardi. Uning o‘rniga Maykl Karrik jamoaga vaqtincha bosh murabbiy sifatida qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!