Manchesterga transferim amalga oshmaganini tushunmay qoldim
Italiyaning “Atalanta” klubi yarim himoyachisi Ederson “Manchester Yunayted”ga o‘tishi nima sababdan amalga oshmay qolganini tushunmasligini aytdi.
Yoz boshidayoq “Manchester Yunayted” Edersonni 35 million funt evaziga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Biroq transferni rasmiylashtirish Braziliya terma jamoasi futbolchisi jahon chempionatidan qaytgunga qadar kechiktirildi.
Manchestergа yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan Ederson keyin “Yunayted” transferni rasmiylashtirishdan bosh tortganini bildi.
Avvalroq “Manchester Yunayted”ni Edersonning tizzasi holati xavotirga solgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo ko‘p o‘tmay, “Atalanta” bilan yangi shartnoma imzolagan 27 yoshli yarim himoyachi o‘zini mutlaqo sog‘lom, deb hisoblaydi.
- Rostini aytsam, nima bo‘lganini bilmayman. Menga doimo boshqa klublar ham qiziqish bildirib kelgan va men Angliyaning boshqa bir klubiga ham o‘tishim mumkin edi.
Tekshiruvlar yaxshi o‘tdi, keyin nima o‘zgarganini bilmayman. Men to‘rt yildan beri “Atalanta”daman va doimo o‘ynab keldim.
Men shunchaki kutib, keyin nima bo‘lishini ko‘rishim ham mumkin edi. Ammo klub bilan o‘rtamizdagi ajoyib munosabatlar meni qolishga va yangi shartnoma imzolashga ishontirdi, - deya Edersonning so‘zlarini The Sun keltirmoqda.

Fikrlar