Manchesterliklar 138 ta gol urgan yulduzga boshqa jamoa qidiryapti

  • 28.06.2026 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyalik hujumchi Markus Reşford yana ortga qaytganiga qaramay, “Manchester Yunayted” tarkibida qolmaydi. Bu haqida taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” ijarа muddatі tugagach, 28 yoshli futbolchini to‘liq sotib olishni rejalashtirmayapti.

Reşfordning manchesterliklar bilan yana ikki yillik shartnomasi mavjud bo‘lsa-da, klub sport bo‘limi unga yangi jamoa qidirmoqda.

Xabar qilinishicha, futbolchining shartnomasida 40 million yevroga sotib olish bandi mavjud. Markus Reşford “Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U asosiy jamoa safida 426 ta uchrashuvda maydonga tushib, 138 ta gol va 79 ta golli uzatmаga mualliflik qilgan.

2025/26 yildagi mavsumda u “Barselona” safida 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!