Manchesterliklar 322 nafar xodimini ishdan bo‘shatgani oshkor bo‘ldi
«Manchester Yunayted» ser Jim Rætklliff klub hammulakiga aylanganidan buyon 322 nafar xodimini ishdan bo'shatdi.
Rætklliff «Gleyzerlar» oilasidan «Manchester Yunayted»dagi ulushni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgach, «Old Trafford» klubini boshqarish ustidan nazoratni qo'lga kiritdi va dastlab xarajatlarni qisqartirishga kirishdi.
Rætklliff davrida «Manchester Yunayted» bir qator ommabop bo'lmagan choralarni, jumladan, xodimlar sonini bir necha bosqichda qisqartirishni amalga oshirdi.
«Manchester Yunayted»ning 2025/26 mavsumi bo'yicha yangi moliyaviy hisobotiga ko'ra, 30 iyun holatida atigi ikki yil ichida klub xodimlari soni deyarli uchdan birga kamaygan – 1127 nafdan 805 nafarga tushgan.
The Telegraph xabar berishicha, qisqartirishlardan eng ko'p klubning media va tijorat bo'limlari zarar ko'rgan. Ularda xodimlar soni mos ravishda 45 va 44 foizga kamaygan.
Rætklliffning xarajatlarni qisqartirish bo'yicha choralariga qaramay, «Manchester Yunayted» ketma-ket sakkiz yildan beri zarar ko'rib kelmoqda. Klub qarzi esa o'sishda davom etib, 1,1 milliard funtdan oshgan.

Fikrlar