Manchesterliklar “Barsa” bilan futbolchi almashmoqchi

  • 12.03.2026 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashga qaytgan “Manchester Yunayted” yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirmoqchi.

Transfer News Live  va  Sport kabi manbalarning xabar berishicha, manchesterliklar “Barselona”ning chap qanot himoyachisi Alehandro Baldega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manchester klubi 22 yoshli Balde uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor.

Bundan tashqari, Angliya Premier-ligasining grandi to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashuv variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Ularni Balde olib, o‘rniga Markus Reşfordni Kataloniyada qoldirishga ham rozi.

Hozirda Reşford “Barselona”da ijara asosida o‘ynamoqda. Kataloniya klubi hujumchini to‘liq transfer asosida saqlab qolishni xohlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!