Manchesterliklar boshqa murabbiy topib qo‘ydi

  • 29.09.2026 09:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati mavsum startidagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng “Brayton” bosh murabbiyi Fabian Hyurtselarga qiziqish bildiraboshlandi.

Yangi mavsum boshidagi vaziyatdan so‘ng amaldagi bosh murabbiy Maykl Kerrikning klubdagi kelajagi jiddiy savol ostida qolmoqda.

“Manchester Yunayted” Premer-ligadagi dastlabki beshta uchrashuvning faqat bittasida g‘alaba qozondi va hozir turnir jadvalid 12-o‘rinda bormoqda. Shuningdek, jamoa o‘z maydonida aynan “Brayton”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Liga kubogini tark etdi.

Italiya matbuoti “Manchester Yunayted”ni Antonio Konte bilan bog‘lashda davom etmoqda. Nashrlar “Chelsi” va “Tottenxem”ning sobiq bosh murabbiyi Manchester klubidan qo‘ng‘iroq kutayotganini yozmoqda.

Ayrim manbalar esa, Kerrik o‘rniga “Nyukasl”ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Hauni asosiy nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.

Football Insider esa “Manchester Yunayted” rahbariyati Hyurtselarning “Brayton”dagi ishidan taassurot olganini xabar qildi.

Nemis mutaxassisi jamoasi manchesterliklarni Liga kubogidan chiqarib yuborishdan tashqari amaldagi chempion “Arsenal”ni ham 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, “Brayton” futbolchilari “Chelsi” va “Aston Villa” kabi kuchli jamoalarni ham yengdi.

Biroq Hyurtselarning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Shu bois “Brayton” 33 yoshli nemis mutaxassisi uchun katta tovon puli talab qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!