Manchesterliklar chap qanotni yangi oʻyinchiga topshiradi
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Nyukasl”ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni sotib olish bo‘yicha ish boshladi.
Bu yozda “Nyukasl” tarkibi jiddiy kuchsizlandi, qator yetakchi futbolchilar sotib yuborildi. Shu vaziyat fonida hatto bosh murabbiy Eddi Xau ham “Sent Jeyms Park”ni tark etishga qaror qildi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, “Yunayted” ushbu vaziyatdan foydalanishni istab, Xollni qanday shartlar asosida transfer qilish mumkinligini o‘rganmoqda.
Biroq Xoll arzonga tushmaydi. Uning klub bilan shartnomasi yana uch yil amal qiladi va “Nyukasl” 21 yoshli ingliz himoyachisini sotish niyatida emas.
Bu yozda “Manchester Yunayted” Tirell Malasiya bilan xayrlashdi. Natijada Lyuk Shou jamoadagi yagona sof chap qanot himoyachisi bo‘lib qoldi. Shu bois klub yangi mavsum oldidan ushbu pozitsiyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar