Asosiy mazmunga oʻtish

Manchesterliklar himoya chizig‘ini yangilaydi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Klub bir nechta markaziy himoyachilarni ko‘rib chiqmoqda

Kelgusi yilda “Manchester Yunayted” bir qator transferlarni amalga oshirishni, xususan, himoya chizigʻini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

Manchesterliklar klubning qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlarini qondirishi mumkin boʻlgan bir nechta markaziy himoyachilarni koʻrib chiqmoqda. Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, “Manchester Yunayted”ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hali hamon “Everton” himoyachisi Jerrad Brentueyt boʻlib qolmoqda. Uni jismoniy koʻrsatkichlari va toʻpni nazorat qilish qobiliyati uchun yuqori baholanmoqda.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Kristal Pэlas” himoyachisi va sardori Mark Gexiga ham qiziqish bildiryapti. Ūyinchi oʻz sifatlaridan tashqari, mahalliy tarbiyalangan futbolchilar mavjudligi talabi bilan ham mos keladi.

Mankunianlar “Atalanta”ning 17 yoshli futbolchisi Xonest Ahanorni ham kuzatmoqda. Himoyachi klub ichida rivojlantirish mumkin boʻlgan yosh isteʼdodlarga boʻlgan afzalliklariga toʻliq javob beradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q