Manchesterliklar himoya markaziga uchta yangi oʻyinchi tanladi

  • 18.10.2026 14:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Leni Yoroning klubdagi uzoq muddatli kelajagi hozircha noaniq. Manchesterliklar 2027 yil uchun tarkibni kuchaytirish rejalari doirasida himoya chizig'ini mustahkamlash variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, “Manchester Yunayted” e'tiborida bo'lgan himoyachilar orasida “Lechche”dan Tyagu Gabriyel, “Shtutgart”dan Finn Yelch va “Everton”dan Jarrad Brantueyt bor.

Ta'kidlanishicha, ushbu futbolchilarga qiziqish manchesterliklar Yoro sotish imkoniyatini faol ravishda izlayotganini anglatmaydi. Biroq himoyachi klubning uzoq muddatli rejalarida asosiy futbolchi bo'lib qolishni istasa, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishi kerakligini tushunib turibdi.

Joriy mavsumda Yoro barcha musobaqalar doirasida to'rtta uchrashuvda ishtirok etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!