Manchesterliklar hujumchisiga 9 ta klub da’vogar
Ruben Amorim qo‘l ostida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzee “Manchester Yunayted”ni tezroq tark etishni istamoqda.
Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, manchesterliklar 24 yoshli forvardni 30-35 million evro evaziga to‘liq qo‘yib yuborishi mumkin.
Zirkzee “Manchester Yunayted”da to‘purarlik mahoratini namoyish qila olmagan bo‘lsa-da, uni Angliya, Italiya, Germaniya, Frantsiya, Portugaliyadan to‘qqizta klub o‘z safiga chorlayapti.
Yanada aniq aytadigan bo‘lsak, o‘yinchi uchun kurashda “Roma”, “Milan”, “Napoli”, “Sevilya”, “Vest Xem”, “Everton”, “RB Leyptsig”, “Monako” va “Sporting” o‘zaro raqobatlashmoqda.
Zirkzee 2026 yilgi jahon chempionati oldidan iloji boricha ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda atigi beshta o‘yinda qatnashdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar