Manchesterliklar ikki oʻyinchidan qay birini tanlaydi?

  • 01.10.2026 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida yangi qanot himoyachisini olib kelishni rejalashtirmoqda.

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, klub yana bir bor «Fulxem» tarkibida o‘ynayotgan chap qanot himoyachisi Entoni Robinson nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Manchester klubi futbolchiga qiziqishni yana mart oyidayoq yangilagan, ammo yozgi transfer davrida kelishuv amalga oshmay qolgan edi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» shuningdek «Kristal Pэlas» himoyachisi Tayrik Mitchellni ham ehtimoliy variant sifatida o‘rganmoqda.

Joriy mavsumda 29 yoshli Robinson barcha musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

27 yoshli Mitchell esa shu paytga qadar olti bor maydonga tushib, ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!