Manchesterliklar ispan klubining eng zo'r o'yinchisini oladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibini jiddiy tarzda oʻzgarishga qaror qilgan. Manchesterliklarning navbatdagi transfer nishoni Ispaniyada oʻynayapti.
Football Transfers nashrining maʼlum qilishicha, “Yunayted” mutasaddilari “Real Sosyedad”ning eng zoʻr oʻyinchisi va sardori Mikel Oyarsabalni Angliyaga koʻchirib kelmoqchi.
Manbaga koʻra, 28 yoshli hujumchining yanvar oyida jamoasini oʻzgartirish ehtimoli past va shu bois “Manchester Yunayted” bu transferni yozda, 2026 yildgi jahon chempionatidan keyin amalga oshirmoqchi.
Oyarsabal 2016 yil yanvaridan buyon San-Sebastyan jamoasi safida oʻynab kelmoqda. Joriy mavsumda forvard barcha musobaqalarda 19 ta oʻyinda ishtirok etib, oltita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar