Manchesterliklar keraksiz oʻyinchini 15 million funtga yarim yilga ijaraga bermadi

  • 04.01.2026 16:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” 2024 yilning yozida PSJdan 50 million yevro evaziga transfer qilgan urugvaylik yarim himoyachi Manuel Ugarte yangi jamoasining muhim bo‘lagiga aylana olmadi.

Bosh murabbiy Ruben Amorim urugvaylik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor va klub unga xaridor qidiryapti. Qishki transferlar oynasi ochilganidan foydalanib, Turkiya chempioni “Galatasaroy” 24 yoshli o‘yinchini ijaraga so‘radi.

Turklar yarim yillik ijara uchun manchesterliklarga 15 million funt (17,2 million yevro) miqdorida mablag‘ taklif qildi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati turklar taklifni rad etdi. Klub ulardan o‘yinchini 45 million funtga (51,7 million yevro) to‘liq transfer qilishni tavsiya qildi.

Ugarte o‘zi ham “Manchester Yunayted”da uzoq muddatli kelajagiga ishonmayapti. Joriy mavsumda Ugarte barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda qatnashib, natijaviy harakatlar qayd etmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!