Manchesterliklar oʻn olti yoshli oʻsmir uchun qirq million yevro toʻlaydi

  • 25.04.2026 08:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” 16 yoshli braziliyalik iqtidоr Eduardo Konseisao uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor.

Bu haqida UOL portali xabar berdi. Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yaqin kunlarda “Palmeiras” klubiga hujumkor futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yuboradi.

“Manchester Yunayted” skautlari futbolchini yoshlar o‘rtasidagi Janubiy Amerika chempionatida kuzatgan. U yerda Konseisao 2 ta gol urgan, Braziliya esa uchinchi o‘rinni egallagan.

Biroq “Palmeiras” Evropadan kelishi kutilayotgan ushbu taklifga rozi bo‘lmasligi mumkin. Chunki klub o‘z futbolchisi uchun kamida 50 million yevro olishni istamoqda.

Bu o‘yinchi transferi uchun raqobat kuchayib bormoqda. Konseisaoga “Manchester Siti” va “Barselona” ham qiziqish bildirgan. O‘yinchi qaysi jamoa bilan kelishuvga erishishidan qat’i nazar, 18 yoshga to‘lgunga qadar har qanday holatda ham “Palmeiras”da qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!