Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Manchesterliklar: Qishda birinchi shu futbolchini olamiz

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Yaxshi tanlov

«Manchester Yunayted» Miki van de Ven bo‘yicha harakatni boshladi. «Tottenxem» markaziy himoyachisi Miki van de Ven yaqin vaqt ichida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida CaughtOffside nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, gollandiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirgan. 

Manchesterliklar rahbariyati qishki transfer oynasi ochilishi bilanoq himoyachi bo‘yicha rasmiy taklif yo‘llashni rejalashtirmoqda.

Mavsumning hozirgi qismida Miki van de Ven «Tottenxem» safida 6 ta o‘yin o‘tkazdi. U hali gol yoki golli pas bilan ajralib tushmagan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q