Manchesterliklar raqibdan himoyachi oladi
Zoʻr nomzod chiqdi
«Manchester Yunayted» rahbariyati «Bornmut» klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Adrien Tryufferni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida The i Paper nashri xabar berdi.
24 yoshli futbolchi «Bornmut» tarkibidagi ishonchli o‘yinlari orqali mankunianliklar skautlarining e’tiborini tortgan. Uning so‘nggi mavsumdagi o‘yinlari natijasida futbolchi yana Frantsiya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Manbalarga ko‘ra, «MYu» rahbariyati chap qanot himoyachisi pozitsiyasida munosib yangi futbolchi olinmaganini transfer siyosatidagi jiddiy kamchilik sifatida baholagan.
Bu pozitsiya uchun klubning asosiy maqsadi «Nyukasl» futbolchisi Lyuis Xoll hisoblanadi.
Shu bilan birga, taxminiy bozor qiymati 30 million yevro atrofida baholanyotgan Adrien Tryuffer ham ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Frantsuz himoyachisining «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Izohlar (0)