Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Manchesterliklar terma jamoa himoyachisi uchun katta pul tikdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu jamoaning yozdagi eng yirik transferi bo‘ladi

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasining navbatdagi katta bitimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

TEAMtalk nashrining yozishicha, klub «Nyukasl» tarkibida o‘ynayotgan chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll uchun 60 million funt taklif qilishga hozir.

Manbaga ko‘ra, agar tomonlar kelishuvga erishsa, bu summa «MYu»ning joriy yozdagi eng yirik transferiga aylanadi. 

Ma’lumotni futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri sanalgan insayder Fabrizio Romano ham tasdiqlagan. Uning ta’kidlashicha, Lyuis Xoll hozircha ingliz grandining transfer ro‘yxatidagi eng ustuvor nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Lyuis Xoll 2024 yili «Chelsi»dan «Nyukasl»ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u «sorok» tarkibida 46 ta o‘yin o‘tkazib, bir gol urdi va ikki bor golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q