Manchesterliklar: Tezda sendan qutilamiz!
“Manchester Yunayted” rahbariyati ikki yil avval qimmat narxga olingan lekin ishonchni oqlamagan hujumchi Rasmus Xyoylunddan tezroq qutilishga qaror qildi.
Ayni paytda daniyalik forvard ijara asosida Italiya chempionatida “Napoli” sharafini himoya qilmoqda. Neapolliklarda mavsum oxirida o‘yinchini 44 million evroga to‘liq transfer qilish huquqi bor.
Mirror nashrining yozishicha, manchesterliklar yozni kutmoqchi emas. Klub xo‘jayinlari yanvarda Rasmusni sal arzonroq, ijara pulini qo‘shib hisoblaganda, 43 million evro evaziga “Napoli”ga to‘liq qo‘yib yuborishga tayyor.
Tez orada ikki klub Rasmus transferi bo‘yicha muzokara boshlaydi.
Xyoylund Italiya jamoasida o‘zini erkin his qilmoqda. 22 yoshli futbolchi “Napoli” tarkibida A Seriya va Chempionlar ligasida jami oltita uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol urdi.
Shunindek, yangi mavsumda Daniya terma jamoasi tarkibida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, Gretsiya va Belarus terma jamoalari darvozasini umumiy hisobda to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar