Manchesterliklar Vinisius uchun katta summa tayyorlab qo‘ydi

  • 05.07.2026 20:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Juniornı yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgiladi.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, manchesterliklar braziliyalik futbolchi uchun taxminan 120 million yevro miqdorida rasmiy taklif tayyorlagan va uni yaqin haftalarda «Real»ga yuborishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Vinisius hozircha madridliklar bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan.

Bunga futbolchining Kilian Mbappe bilan teng miqdorda maosh olish talabi sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!