Manchesterliklar Zidaning shogirdiga xaridor
«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida Frantsiya milliy terma jamoasi va «Milan» klubi yarim himoyachisi Yussuf Fofanani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda futbolchi «Sevilya»da ijara asosida o‘ynamoqda. 27 yoshli futbolchining o‘yini «Manchester Yunayted» rahbariyatini ishontirgan. Klub 2027 yil boshida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga intilmoqda. Bu haqida VamosMiSevilla xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransuz futbolchisining «Sevilya»dan muddatidan oldin ketishi muammo tug‘dirishi mumkin. Ispaniya klubi bilan ijara shartnomasi 2027 yil 30 iyunigacha amal qiladi va unda futbolchini sotib olish bandi mavjud emas. «Milan»ning Fofana bilan shartnomasi esa 2028 yilgacha tuzilgan.
Agar Italiya klubi «Manchester Yunayted»ning taklifini qabul qilishga qaror qilsa, ijara shartnomasini bir tomonlama bekor qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa «rossonerilar»ni «Sevilya»ga katta miqdorda tovon puli to‘lashga majbur qilishi mumkin.
Fofana Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar