
Manchesterliklarga “Chelsi” o‘yinchisi kerak
“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish harakatiga tushib qoldi. Klub mutasaddilari deyarli har bir pozitsiyaga yangi o‘yinchi qidiryapti.
Manchesterga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida “Chelsi” himoyachisi Ben Chiluell ham bor.
Daily Mail nashrining yozishicha, manchesterliklar 27 yoshli ximoyachini jamoaning tajribali o‘yinchisi Lyuk Shouga raqobatchi sifatida olib kelmoqchi. Chunki keyingi paytda Lyuk Shou ko‘p jarohat olayotgani bois, ayrim muhim vaziyatlarda jamoaga yordam bera olmayapti.
Chiluell yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Benning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt portali Chiluellni 28 million evroga baholamoqda.
Fikrlar