Manchesterliklarning transfer siyosati keskin tanqidga uchradi

  • 18.10.2026 15:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz klubning transfer siyosati haqida keskin fikr bildirdi.

- Tan olish og‘riqli, ammo “Manchester Yunayted” endi chempionlik uchun kurasha oladigan tarkibni shakllantirishga intilmaydigan jamoaga aylandi.

Masalan, Santos va Balebani olaylik. Klub jismoniy jihatdan kuchli futbolchilarni tarkibiga qo‘shdi. Shu bilan birga, Santos “Chelsi” safida atigi 11 ta o‘yin o‘tkazgan, uning transferi uchun esa 50 million funt to‘langan.Hozir esa u hatto qaydnomaga ham kiritilmayapti.

Baleba, ehtimol, foyda keltirishi mumkindir. Ammo masala boshqa narsa: agar mavsum boshida “Manchester Yunayted” uchun tarkib shakllantirayotgan bo‘lsang, chempionlik uchun real kurasha oladigan futbolchilarni olishing kerak. Hozir esa, mening nazarimda, klub bu maqsaddan juda uzoqda.

Maykl Kerrik yozda voqealar qanday rivojlanganidan qattiq xafa bo‘lgandir. O‘ylashimcha, u ich-ichidan o‘zini yolg‘iz qoldirishganini his qilyapti. Mayklnig o‘tgan yili qilgan ishlari haqiqatan ham juda yaxshi edi.

 Hozir uning uchun mavsum boshlanishi ayniqsa muhim: aynan dastlabki o‘yinlar butun mavsumga ohang beradi va o‘zini namoyon etish imkonini yaratadi, - deya Skoulzning so‘zlarini Metro nashri keltiradi.

Angliya Premer-ligasining besh turidan keyin “Manchester Yunayted” besh ochko bilan turnir jadvalid 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!