Manchesterning ikki klubi "Bavariya" futbolchisiga ko‘z tikdi
Germaniyalik yarim himoyachi Aleksandr Pavlovichga ikki Manchester klubi qiziqish bildirdi.
"Bild" nashrining "Daily Mail"ga tayanib xabar berishicha, "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Ayni paytda Xosep Gvardiola uni jamoasiga olib kelish istagida Ruben Amorimdan ko‘ra kuchliroq xohish bildirmoqda.
Shuningdek, Pavlovichga "Yuventus" va PSJ ham qiziqish bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 4 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar