Manchini Italiya termasida bunday natijaga erishgan ilk murabbiy!

Evro-2020 saralashi doirasida Italiya terma jamoasi Armaniston (9:1) ni tor-mor etdi.

Italiyaliklar o‘z tarixlarida ilk bor ketma-ket 11 ta bahsda g‘alabaga erishishdi.

Avvalgi rekord, 1938 yili Vittorio Potstso bosh murabbiyligida qayd etilgan va shunda terma jamoa ketma-ket 9 ta g‘alabaga erisha olgan.

Ma’lumot uchun, italiyaliklar J guruhida 30 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va allaqachon, muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!