
Manchini "Yuventus"ni EChL chorak finaliga chiqqani bilan tabrikladi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali "Yuventus"ni Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqani bilan tabrikladi.
“Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi va ular haqli ravishda chorak finalga chiqishdi. “Yuventus”ni tabriklayman!”, - deydi Manchini.
Eslatib o‘tamiz, “keksa sinora” garchi Madridda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgan bo‘lishsada, yakunda o‘z maydonlarida 3:0 hisobida g‘alaba qozonib keyingi bosqichga chiqishdi.
Fikrlar