
Mane "Liverpul" bilan xayrlashdi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Sadio Mane rasman "Bavariya" futbolchisiga aylanganidan xabaringiz bor. Senegallik futbolchi "Instagram"dagi sahifasi orqali mersisayd klubi va uning muxlislari bilan xayrlashdi.
"Salom, azizlar!
Gapirishga so‘z topa olmayapman. Chin qalbimdan sizlarga minnatdorchilik bildiraman. 6 yil ichida bu muvaffaqiyatli sarguzashtning bir qismi bo‘lganimdan mamnunman.
Har doim siz men bilan birga bo‘ldingiz. Yaxshi va yomon kunimda yolg‘iz qoldirmadingiz. Men buni aslo unutmayman. Yana bir bor rahmat aytib qolaman.
You'll never walk alone!!! (Siz hech qachon yolg‘iz emassiz!!!), - dedi senegallik vinger.
Fikrlar