
Mane nega zo‘r o‘ynashini aytdi
“Liverpul”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan Sadio Mane futbol o‘ynashga ishtiyoq qanday paydo bo‘layotganini tushuntirib berdi.
- Men o‘zimni boshqalardan zo‘r, deb hisoblamayman. Maydonga chiqib, o‘z ishimni bajaraman xolos.
Har gal ovqatlanganimda Senegaldagi qishlog‘imda yashayotgan ochlarni o‘ylayman. Aynan mana shu omil maydonda bor kuchimni berib o‘ynashimga xizmat qiladi, - dedi Sadio Mane.
30 yoshli hujumchi Bundesligada dastlabki uchta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar