MANGU ligasi yana bir juda kuchli jangchi bilan shartnoma imzoladi

  • 26.02.2026 21:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Jasur Alijonov asos solgan MANGU MMA ligasi taniqli va kuchli sportchilar bilan shartnoma tuzishni davom etmoqda.

Bugun liga muaytay bo‘yicha Jahon chempioni, ONE FC da 8 ta jang o‘tkazgan hamyurtimiz Mavlud Tifiev bilan 3 ta bahsga shartnoma imzoladi. Tifievning keying jang sanasi tez orada e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, MANGU bundan avval yana bir MMA ustamiz Furqatbek Yoqubov bilan ham shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!