Manipulyatsiya va haqoratga yo‘l qo‘ymaymiz!
Portugaliyaning amaldagi chempioni “Sporting” prezidenti Federiku Varandash jamoa to‘rurari Viktor Dyokeresh bilan yuzaga kelgan ziddiyat bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Dyokeresh 63 ta gol urdi va 10 ta assist qayd etdi. Bu ajoyib natija. Viktor Portugaliya maydonlarida tshp tepgan eng mahoratli futbolchilar biri ekaniga shubha yo‘q.
Biz transfer uchun uning shartnomasida belgilangan badal puli so‘ramaslikka kelishib olganmiz. Bori shu. O‘sha uchrashuvda Dyokereshning agenti aniq summa belgilanishini talab qilib turib old. Men bir yildan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmasligini aytib, aniq summa belgilanishiga qarshi chiqdim. Bir yil ichida uning narxi 40, 60 yoki 80 million evro bo‘lishi mumkin. Men ularga transfer uchun shartnomada ko‘rsatilgan summa – 100 million evro talab qilinmasligini kafolatladim.
“Sporting” o‘sha badal puliga yopishib olmaydi, lekin shu bilan birga manipulyatsiya va haqoratlarga ham yo‘l qo‘ymaydi. “Sporting” hozirgacha Dyokeresh bo‘yicha birorta rasmiy taklif olgani yo‘q, - dedi Federiku Varandash.
Ta’kidlash lozimki, Viktor Dyokereshni “Manchester Yunayted” o‘z safiga chorlayapti. Record nashrining yozishicha, shved hujumchisi agar klub uning ketishiga to‘sqinlik qilsa, "Sporting" uchun boshqa maydonga tushmasligini uqtirdi.
Gap shundaki, Dyokeresh o‘tgan yili yozda ham transfer nishoniga aylangan edi. Biroq klub uning transferiga belgilangan 100 million evrolik badal pulini pasaytirishi sharti bilan jamoada bir yil o‘ynab berishga rozi bo‘lgandi.
Endi “Sporting” xo‘jayinlari mavsumda to‘purarlik mahoratini yana bir bor namoyish qilgan hujumchini imkon qadar qimmatroq pullashga harakat qilayotgani Dyokereshga yoqmayapti.
Sport1 nashri jurnalisti Kristofer Mixel Dyokeresh garchi “Manchester Yunayted” kelasi mavsum Evrokuboklarga ishtirok etmasa ham, taqdirini bu jamoa bilan bog‘lashni istayotganini yozdi.
Fikrlar