Manjukich A Seriyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin, agar...

  • 24.06.2019 12:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Mario Manjukich faoliyatini A Seriyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 33 yoshli xorvatiyalik futbolchini "Latsio" o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq, rimliklar Manjukich uchun uning ayni damda “keksa sinora”da olayotgan yillik 4 million evro maoshini to‘lay olmasa, bu transfer amalga oshmasligi ham mumkin.

Ta’kidlash lozimki, Manjukich “Yuventus”ning yangi ustozi Mauritsio Sarrining yangi mavsum rejalariga kirmaydi. Boisi, italiyalik mutaxassis hujum markazida Krishtianu Ronaldudan foydalanmoqchi.

Ma’lumot uchun, Manjukich o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!