Manuèl Noyer : "Biz bu g‘alabadan xursandmiz"

  • 08.04.2026 18:26
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer CHLning chorak finali bosqichida Madridning "Real" klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Biz "Real"ning hujumlari qanchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini bilardik. Ular juda ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Biz bu g‘alabadan xursandmiz. Biroq kelasi hafta Myunxenda bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvida bizni qiyin vazifa kutayotganini ham anglab turibmiz", - dedi germaniyalik posbon. 

Ma’lumot uchun, YECHLning dastlabki chorak final uchrashuvida "Bavariya" "Real"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel dan 16 aprel ga o‘tar kechasi kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!