Manuèl Noyer Jahon chempionatlari tarixidagi antirekordni takrorladi
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket eng ko‘p o‘yinda gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha anti-rekordni takrorladi.
Paragvayga qarshi uchrashuvida gol o‘tkazib yuborgan Noyer ketma-ket 10 ta mundial o‘yinida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan darvozabonga aylandi.
Reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
10 — Manuel Noyer (Germaniya, 2018–2026)
10 — Antonio Karbaxal (Meksika, 1950–1962)
9 — Tomas Ravelli (Shvetsiya, 1990–1994)
8 — Jan-Mari Pfaff (Belgiya, 1982–1986)
8 — Xorxe Kampos (Meksika, 1994–1998)
8 — Dyula Groshich (Vengriya, 1954–1958)
Ma’lumot uchun, "nemis mashinasi" penaltilar seriyasida mag‘lub, turnirni erta tark etdi.

Fikrlar