Maoshlaring 50 foizga qisqaradi!
Yaqin o'tmishda Angliya Premier-ligasining eng qudratli klublaridan bo‘lgan “Tottenxem”ning bu mavsum ishlari yurishmayapti.
“Shporlar” tarkib kuchli ekaniga qaramay, chempionatda 16-o‘rinda bormoqda va ligada jon saqlab qolish uchun kurashishga majbur.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, klub Premier-ligadan tushib ketsa, “Tottenxem” futbolchilarining aksariyatida maoshi taxminan 50 foizga qisqaradi.
Ayni paytda “Tottenxem” og‘ir holatda, Yangi yildan beri birorta ham g‘alaba qozonmadi va yangi bosh murabbiy Igor Tudor qo‘l ostidagi har ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi.
Shu bois, 1977 yildan beri ilk bor Angliyaning ikkinchi divizioniga tushib ketish xavfi “Tottenxem” uchun juda real hisoblanadi. Agar bu sodir bo‘lsa, birinchi navbatda, futbolchilar cho‘ntag‘i ziyon ko‘radi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, “Tottenxem” a’zolari shartnomalarida jamoa quyi ligaga tushib ketsa, maosh avtomatik ravishda kamaytirilishi nazarda tutilgan band ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘rtacha hisobda bu 50 foizni tashkil etadi.
Mazkur bandlar futbolchilar shartnomasiga Daniel Levi “Tottenxem” prezidenti lavozimini tark etishidan oldin kiritilgan.
Fikrlar